"Chelsi" himoyachisi "qora mushuk"ka aylandi

Narzulla Saydullayev
6 avg 2016, 08:40
"Chelsi"ning 27 yoshli himoyachisi Papi Jiloboji "Sanderlend"ga o'tdi.

"Qora mushuklar" rasmiy sayti xabariga ko'ra, Jiloboji 4 yillik shartnoma tuzdi. Papi "ko'klar" safiga 2015 yilda ko'chib o'tgandi. Ammo London klubi safida bironta uchrashuvda ham asosiy tarkibda maydonga tushgani yo'q. O'tgan mavsumning ikkinchi qismini senegallik futbolchi "Verder"da ijarada o'tkazgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/SunderlandAFC