"Chelsi" Gnabriga qiziqmoqda, lekin "Bavariya"...

Aziz Tukhtamuradov
14 iyul 2022
"Chelsi" "Bavariya" futbolchisi Serj Gnabriga qiziqish bildirmoqda.

Londonliklar "Bavariya"ning 26 yoshli futbolchisi transferi bo'yicha so'rov yuborganlar. 

Klub va futbolchi o'rtasidagi shartnoma 2023 yilning yozida tugaydi. Shunga qaramay, Gnabri "Bavariya" bilan kelishuvni uzaytirmoqchi. Yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. 

Katta ehtimol bilan Gnabri "Bavariya" ilan shartnomani uzaytiradi. Barchasi shunga qarab ketmoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru