"Chelsi" Gilmor borasida bir qarorga keldi

Alisher
2 iyul 2021
"Chelsi" yarim himoyachisi Billi Gilmor ijara asosida "Norvich"ga yo'l oladi.

Tomonlar bitim borasida kelishuvga erishishdi. Gilmor yangi klubida 2022 yilning iyuniga qadar o'ynaydi. O'yinchi ketganini jamoa ustozi Tomas Tuxel ham tasdiqladi.

"Chelsi" Gilmorni bo'lajak asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ko'rmoqda, ammo ayni damda u ko'proq o'ynashi kerak. U "Norvich"da o'yin amaliyotiga ega bo'lishi lozim.

Gilmor yakunlangan mavsum Angliya chempionatida "Chelsi" tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano