"Chelsi" "Atletiko" futbolchisi uchun 70 mln evro taklif qilishga tayyor

Alisher
12 fev 2025
"Chelsi" "Atletiko" xavbeki Pablo Barriosga qiziqish bildirmoqda.

Londonliklar yozda ispaniyalik futbolchini o'z saflariga qo'shib olishni rejalashtirishmoqda. "Ko'klar" bosslari madridliklarga 70 mln evro taklif qilishga tayyorlar.

Barrios "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ispan "matraschilar" tarkibida 85ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etgan.

Barriosning "Atletiko" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt madridliklar vakillarini 50 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: fichajes.com