

Aleks Ivobi 20-daqiqada hisobni ochdi. Ammo, o'yin so'nggida, aniqrog'i 83-daqiqada Tayrik Jorj va 90+3 daqiqada Pedro Netu gol urib, "Chelsi"ga g'alaba taqdim etdi.
20 apr 2025, 18:00
Fulham — Chelsea

1 – 2
Tugadi

"Arsenal" esa mehmonda yirik g'alabaga erishdi. Leandro Trossard dubl qayd etdi, Gabriel Martinelli va Itan Nvaneri o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Shuningdek, "Ipsvich" birinchi bo'limda bir kishi kam bo'lib qolganini qayd etish lozim (Lif Deyvis 32-daqiqada maydondan chetlatildi).
20 apr 2025, 18:00
Ipswich Town — Arsenal

0 – 4
Tugadi

"Manchester Yunayted" "Old Trafford"da "Vulverxempton"ga taslim o'tdi. G'alaba golini 77-daqiqada mehmonlarning ispaniyalik yarim himoyachisi Pablo Sarabiya urdi.
20 apr 2025, 18:00
Manchester United — Wolverhampton Wanderers

0 – 1
Tugadi




