

"Ko'klar" Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun 50 mln funt (57,5 mln evro) to'lashga, shuningdek o'z futbolchilaridan birini transferga qo'shishga tayyor. O'z navbatida, "burgutlar" Gexaning sotuvidan 70 mln funt (80,5 mln evro) ishlab olmoqchi va bungacha "Kristal Pelas"da ijara asosida harakat qilgan Trevo Chalobaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Gexi joriy mavsum barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.



