Chelsi A Seriya futbolchisi uchun 80 million evro to'lashga tayyor

Khoja
22 fev 2025, 07:55
Chelsi yozda yana katta xaridlarni amalga oshirishga tayyor.

London klubi Milan futbolchisi Rafael Leauni 80 million evroga sotib olishga tayyor. O'z o'rnida, milanliklar ham Rafael Leauni o'sishdan to'xtab qolgan deb hisoblab, uni sotib yuborishmoqchi.

Futbolchi joriy mavsum 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 8 ta golli uzatma bor. Uning milanliklar bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com