"Chelsi" 2 yildan buyon tarkibda o'ynamayotgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2020
"Chelsi" o'z rasmiy saytida yarim himoyachi Marko van Ginkel bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

"Aristokratlar" 27 yoshli futbolchi bilan shartnomani 1 yilga uzaytirdi. 2013 yilning yozida "Chelsi"ga o'tgan futbolchi jamoa sharafini atigi 4 o'yinda himoya qilgan. Turli vaqtlarda u "Milan", "Stok Siti" va PSV kabi klublarga ijaraga berilgan.

Xavbek jarohatlarga moyil bo'lib qolgani uchun 2 yildan buyon maydonga tushmayapti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/chelseafc