"Chanchun Yatay" Anzur Ismoilovning o'rniga "Lokomotiv"dan futbolchi transfer qildi

Mirjalol Normatov
8 iyul 2018
Himoyachi Nemanya Peychinovich erkin agent sifatida "Chanchun Yatay" bilan shartnoma imzoladi.

Serbiyalik futbolchi o'tgan mavsumni Moskvaning "Lokomotiv" klubida o'tkazgandi. U "Lokomotiv" tarkibida 85 uchrashuvda qatnashib, 3 gol urishga erishgan.

Oldinroq Anzur Ismoilov "Chanchun Yatay"dan ketgandi. Nemanya aynan Anzurning poziciyasida o'ynaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ccytfc