"Chanchun Yatay" Ismoilovni qo'yib yuborishni istamayapti

Narzulla Saydullayev
2 mar 2014, 18:42
FIFA reglamentiga ko'ra, klublar rasmiy o'yinga uch kun qolganida futbolchini MTJ ixtiyoriga qo'yib yuborishi lozim.
Ammo Xitoyning "Chanchun Yatay" klubi Anzur Ismoilovni BAA bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvga borishiga to'sqinlik qilyapti. Bu FIFA qonuninga zid ekanligini ularni o'zlari yaxshi biladilar, shuning uchun futbolchini jarohat olgan degan vajni ko'rsatyaptilar. Aslida Ismoilov, kecha Janubiy Koreya klubiga qarshi kechgan uchrashuvda maydonga tushgan. Unda hech qanday jarohat yo'q.

Bu haqda MTJ murabbiyi Mirjalol Qosimov shunday deydi:
- Anzurni o'zi MTJ safiga kelib qo'shilishni istayapti. Ammo uning klubi bunga qarshi chiqyapti. Hozir biz OFKga tegishli xatlarni yubordik, agar uning klubi futbolchimizni qo'yib yubormasa, FIFAga xat yozamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia