"Chanchun Yatai" "Ayntraxt"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2017, 17:43
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov to'p tepadigan "Chanchun Yatai" BAAdagi yig'in doirasida Bundesliga vakili "Ayntraxt"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Nemis klubi vakillari o'yinda 3 ta gol urib, Xitoy klubini 3:0 hisobida taslim etishdi.

Bahsdan so'ng "Chanchun Yatai" sobiq futbolchisi Sabolch Xusti eski do'stlari bilan ko'rishish uchun ular bilan uchrashdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia