Chalxanoglu "Milan"dan kyetishni istamayapti

Mirjalol Normatov
21 apr 2020
"Milan" yarim himoyachisi Xoqon Chalxanog'lu klub bilan shartnomasini uzaytirish niyatida.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, turkiyalik xavbek "Milan"ni tark etmoqchi emas va yaqin vaqtlar ichida shartnomasini uzaytirmoqchi. Xoqon klubda qolish uchun yillik 2,5 mlnlik maoshini ko'paymasligiga ham rozi bo'lmoqda.

26 yoshli futbolchi 2017 yilning yozida 23 mln evro evaziga "Bayer"dan "Milan"ga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport