Chalxanoglu "Milan" sabab Qatardan taklifni rad etdi

Alisher
11 iyun 2021, 13:51
Turkiyalik xavbek Xakan Chalxanoglu "Milan" bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, yarim himoyachi Qatarning "Al Duhayl" klubidan jozibali taklif olgan. Klub Xakanga 3 yillik shartnoma va 8 million evrolik maosh taklif qilgan.

Ammo, turk rad javobini berdi va "rossonerilar" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Chalxanogluning Milan grandi bilan tuzgan shartnomasi joriy oyning so'nggiga qadar mo'ljallangan. U o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira