Chalobaga APLning uch klubi qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2024, 00:47
"Manchester Yunayted" Trevo Chalobaga qiziqish bildirmoqda.

GiveMeSport nashri jurnalisti Ben Jeykobsning takidlashicha, "Chelsi" himoyachini jamoadagi o'rin uchun kurashishga tayyor bo'lishiga qaramay, sotmoqchi.

25 yoshli futbolchi klubdan ketgan taqdirda, evrokuboklarda qatnashadigan jamoada o'ynashni afzal ko'radi. Unga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Agar Aaron Van-Bissaka sotilsa, Chalobadan o'ng qanot himoyachisi sifatida foydalanish mumkin.

Trevo bilan shartnoma imzolash imkoniyatini "Nyukasl" va "Fulxem" ham muhokama qilmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: GiveMeSport