“Cementchi”da bir qator tajribali futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda FOTO

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2018
Navbatdagi yig'inni Farg'onada davom ettirayotgan “Cementchi” reja asosida kuniga ikki mahaldan “Istiqlol” stadioni yonida mashg'ulotlarni olib bormoqda.

Yig'in davomida o'tgan mavsumda jamoada harakatlangan va hozirda shartnoma muddati yakuniga etgan bir qator futbolchilar bilan do'stona xayrlashilib, tarkibga esa bir qator yangi futbolchilar taklif etildi.

Bugunga qadar jamoa tarkibiga “Qizilqum” jamoasidan Shukurali Po'latov va Otabek Isroilov, so'nggi jamoasi “Buxoro”da o'zining ajoyib xatti-harakatlari bilan yaxshi taassurot qoldirgan  darvozabon Sardor Qobuljonov,  “Navbahor”dan farg'onaliklarga yaxshi tanish bo'lgan Abbosbek Maxstaliev  va Saidjon Abdujabborov, “Bunyodkor” yoshlar jamoasi a'zosi Ibrohim G'ofurov, o'tgan mavsumda “Andijon” tarkibida ishonchli o'yinlar o'tkazgan himoyachi Qahramon Muhammadjonov va o'tgan mavsumni Malayziyaning ATM jamoasida o'tkazgan yana bir farg'onalik himoyachi Iqbol Boboxonovlar kelib qo'shilgan.

Kechagi mashg'ulotlarga Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasidan Sardor Qahhorov ham kelib qo'shildi.

Ushbu futbolchilarning bazilari bilan jamoa kelishuvga erishdi, yig'in davomida murabbiylarda ijobiiy taassurot qoldirgan boshqa futbolchilar ham jamoa tarkibiga kiritilishi mumkin.

Hozirda murabbiylar jamoaga yana bir nechta futbolchilarni taklif etishgan, tez kunda ushbu futbolchilar haqida ham ma'lumotlarni berib boramiz.









Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Цементчи” матбуот хизмати