“Cementchi” yangi o'yinchilar kelishi davom etmoqda

Abdumalik Xakimov va Ilxomjon Zaylobbiddinov birgaligida qaytadan barpo etilgan Quvasoyning “Cementchi” jamoasi yangi-yilning ilk kunlaridan o'z qarorgoxida kuniga ikki maxaldan tayyorgalik olib bormoqda.
Yangi mavsumda O'zbekiston birinchi liga baxslarida o'z o'rniga  ega  bo'lib muxlislar mexrini qozonishni maqsad qilgan, quvasoyliklar  9 yanvar kuni Kirgulidagi “Neftchi” stadionida “Neftchi” o'rinbosarlariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishib , 1-0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Xozirda jamoa mashg'ulotlarida  bir qator  yangi o'yinchilar  sinovdan o'tkazilmoqda “Neftchi”dagi o'yinlari bilan muxlislarimizga yaxshi  tanish bo'lgan o'yinchilar  Azizxon  Ibragimov ( "Metallurg") va  Umidjon Boqiev ("Oq-tepa")  , yosh iqtidorli o'yinchilardan  Asliddin Soipov ("Neftchi"), Rustam Abduxamidov va Jo'rabek  Yoqubov  ("Qo'qon-1912"), Sherzod Abduraimov ("Mashal"), Umid Matmusav("Obod"), Elyor Mamasoliev ("Yozovon-lochinlari")lar jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda . Ularni harakatlari murabbiylarga maqul bo'lsa yangi mavsumni “Cementchi” safida boshlashlari mumkin. Murabbiylar shtabini kuchaytirish maqsadida “Cementchi”dagi o'yinlari bilan muxlislarga tanish bo'lgan xujumchi Abdug'affor Xakimov  murabbiylar shtabiga qo'shildi.  Yangilarni sinovdan o'tkazish davom etadi.   
 
Islomjon Akbarov  tayyorladi

Manba: championat.asia