CAFA U-20 musobaqasiga qur'a tashlandi, Eron bilan bir guruhdamiz

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2024
Xabaringiz bor, Farhod Nishonov boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi iyul oyida Parijda yig'in o'tkazgan holda Fransiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadi.

O'zbekiston U-20 termasi Fransiyaga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi

Oldinda turgan U-20 Osiyo kubogi musobaqasiga tizimli tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz tarkibida to'p tepishga nomzod bo'lgan bir qator iqtidorli futbolchilarni sinovdan o'tkazish maqsadida Qirg'iz Respublikasida o'tadigan CAFA U-20 musobaqasida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Musobaqa 5-12 iyul kunlari Jalolobodda o'tkaziladi. Yoshlarimiz "B" guruhida Eron va Turkmaniston bilan bahs olib boradilar. Final uchrashuvlari 11-12 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

CAFA U-20 musobaqasi

"A" guruhi

Qirg'iz Respublikasi

Tojikiston

Afg'oniston

"B" guruhi

O'zbekiston

Eron

Turkmaniston


Musobaqa formatiga ko'ra, ikkila guruhda birinchi o'rinni olgan jamoalar finalda o'zaro bahs olib borishadi. Ikkinchi o'rin sohiblari uchinchi o'rin uchun kurash olib borishsa, guruhlarda uchinchi bo'lgan ikki jamoa beshinchi o'rin uchun o'ynaydi. 

Guruh bosqichi o'yinlari taqvimi.


Jamoamizni o'yinlarga tajribali mutaxassis, O'zbekiston U-20 terma jamoasi maslahatchi murabbiyi Rauf Inileev tayyorlab boradi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати