“CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasiga akkreditatsiyadan o'tkazish jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2019
Xabaringiz bor, joriy yilning 11-17 sentyabr kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo futbol associaciyasi tomonidan “CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasi o'tkaziladi.

Mazkur turnirda 15 yoshgacha bo'lgan qizlardan iborat 4 ta yurt terma jamoalari ishtirok etishadi.

“CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasida O'zbekiston, Eron, Qirg'iziston hamda Tojikiston terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Ushbu musobaqani bevosita stadiondan yoritish istagidagi OAV vakillari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlanganini ma'lum qilamiz. 7 sentyabr sanasiga qadar quyidagi zarur hujjatlarni info@ufa.uz elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin:

*F.I.O.
*Tashkilot nomi
* Akkreditatsiya turi (press, foto)
* 3x4 rasm
* Aloqa uchun telefon


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz