Byurki: "Hech qachon bunday maydonda o'ynamaganman" (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
19 fev 2018, 18:14
Dortmundning "Borussiya" klubi darvozaboni Roman Byurki "Borussiya"ga (Menxengladbax) qarshi kechgan Bundesliganing 23-tur uchrashuvi (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Bu og'ir va muhim g'alaba bo'ldi, bunday maydonda o'ynash oson emas. To'g'risini aytsam, havval hech qachon bunday qoplamali maydonda to'p tepmaganman. Ushbu sabab tufayli uzun paslar bilan o'ynashga to'g'ri keldi. Birinchi bo'limda ikkinchi qavatda yutishga muvaffaq bo'ldik, ammo bahsning ikkinchi qismida buni har doim ham uddalay olmadik" - deydi Byurki.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com