Byornli bosh murabbiyi diskvalifikaciya qilindi va katta miqdorda jarimaga tortildi

Khoja
12 apr 2024
Byornli bosh murabbiyi Vensan Kompani APLning 30-turida Chelsiga qarshi uchrashuvda hakam bilan tortishgani uchun qizil olgandi.

Ushbu qilmishi uchun mutaxassis 2 ta o'yinga chetlatildi va 10 ming funtga jarimaga tortildi. 

Eslatib o'tamiz, Vensan Chelsi bilan o'yinda jamoasi darvozasi tomon belgilangan penaltidan norozi bo'lgan va jiddiy etiroz bildirgani uchun hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko'rilgandi.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru