Buyuk Britaniya va Irlandiya Evro-2028 mezbonligi uchun ariza topshirdi

Оқил Абдубарноев
16 noya 2022
Buyuk Britaniya va Irlandiya 2028 yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirdi.

Unga ko'ra, turnirni qabul qilishga 14 ta stadion kiritilgan: Birmingem, Liverpul, London, Manchester, Nyukasl, Sanderlend, Dublin, Belfast, Glazgo, Kardiff.

Shu bilan birga, UEFA 2023 yilning aprel oyida qabul qiladigan yakuniy arizaga faqat o'nta stadion kiritiladi. Ular kelgusi yilning boshida rejalashtirilgan maslahatlashuvlar natijasida aniqlanadi.

Qayd etish joiz, navbatdagi Yevropa chempionati 2024 yilda Germaniyada bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC