Buyuk Britaniya bosh vaziri "Manchester Siti" - "Real" uchrashuvi haqida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2020
"Manchester Siti" va "Real" jamoalari ishtirokidagi o'yin belgilanganidek 7 avgust kuni o'tkaziladi.

Oldinroq mamlakat hukumati davlatga yana qatiy karantin qoidalarini joriy qilib, chetdan kirayotgan har bir fuqaro 14 kunlik karantinga olingan holda Britaniyaga kiritilishi ma'lum qilingandi.

"Futbol bo'ladigan kunlarini istisno qilamiz. Maxsus ro'yxatlar tuziladi va shu orqali o'yinlar tashkillashtiriladi. Bunga hakamlar, futbolchilar, jurnalistlar va turli xil personallar kiritiladi. Boshqa begona shaxslar stadionda bo'lmaydi, - dedi vazir.

Dastlabki uchrashuvda "Manchester Siti" Madridda 2:1 hisobida g'alabaga erishgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express