"Buxoro" - "Mashal" uchrashuvi qayerda bo'ladi?

Mirjalol Normatov
24 apr 2025
Superliga 8-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Mashal" o'yini 3 may kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Buxoro klubining uy stadioni mavsumga tayyor bo'lmaganligidan kelib chiqib, u raqibini "Jar" stadionida qabul qilish bo'yicha kelishuvga erishgan. Klublarning U21 jamoalari ishtirokidagi bellashuv esa Buxoroda o'tkaziladi.

"Buxoro" so'nggi o'yinini Kubok doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazdi va uchrashuv Buxoroda tashkillashtirildi. "Buxoro FA" maydonida Superliga o'yinlari o'tkazilmayotganiga stadiondagi projektorlar sabab bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати