“Buxoro” havorang, “Bunyodkor” to'q ko'k rangli libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2018
Superliga 15-turi doirasidagi “Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Jamoalar menejerlari va uchrashuv rasmiylari ishtirok etgan yig'ilishni o'yin komissari Baxtiyor Namozov olib bordi.

Unda bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, jamoalarning qanday rangli liboslarda harakat qilishi ham aniqlab olindi. Unga ko'ra, “Buxoro” havorang, “Bunyodkor” to'q ko'k rangli liboslarda harakat qiladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Superliga 15-turi doirasidagi “Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvi 12 iyun kuni “Buxoro” markaziy stadionida soat 19:32da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com