Buxoro - Bunyodkor uchrashuvi Sport telekanali orqali namoyish etiladi

Alisher
13 avg 2020, 17:21
Xabaringiz bor, ertadan Superliga o'yinlari davom ettiriladi.

Ma'lumki, Superliganing 9-turidan o'rin olgan Buxoro - Bunyodkor uchrashuvi qoldirilgan edi. O'zbekiston Professional futbol ligasining qaroriga ko'ra, Superliga birinchi davrasining qolgan to'rt tur o'yinlari markazlashgan tartibda o'tkaziladi. Shu jumladan, 9-turdan qoldirilgan Buxoro - Bunyodkor bahsi ham. Ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuv Paxtakor Markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv 19:00da start oladi. Bahs Sport telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi. O'yinni Murod Rizaev sharhlab boradi.


AlisherMuallif
Manba: fcbunyodkor.com