"Buxoro" birinchi mag'lubiyatini "Nasaf"dan qabul qilib oldi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2016
Oliy liganing 6-turida Qarshining "Nasaf" klubi "Buxoro" mehmoni bo'ldi.

Buxoroda o'yinning 9-daqiqasida Sharof Muhiddinovning burchakdan uzatib bergan to'pini Sherzod A'zamov boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 0:1. Birinchi 45 daqiqalikda boshqa gol urilmadi.

48-daqiqada mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Ruslan Melziddinov tomonidan amalga oshirilgan 11-metrlik jarima zarbasi noaniq chiqdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqasida mehmonlar hujumchisi Azamat Allaniyozov gol urdi - 0:2.


Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi) 0:2
24 aprel 2016. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 18:00
Hakamlar:
V. Seytlin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Gollar: Sherzod A'zamov 9, - 0:1 (Sharof Muhiddinov). Azamat Allaniyozov 90, - 0:2

Amalga oshirilmagan penalti: Ruslan Melziddinov 48 (noaniq)

"Buxoro": 1.Muhiddin Xudoyorov, 8.Salamat Qutiboev, 10.Shavkat Salomov, 11.Sanat Shixov (19. Jasur Hasanov, 46), 16.Artyom Filiposyan, 23.Aleksandr Merzlyakov, 61.Aziz Ibragimov (18. Bahodir Pardaev, 74), 85.Ruslan Melzetdinov, 87.Alisher Sanoev (7. Suhrob Ne'matov, 78), 93.Maksimilian Fomin, 97.Kamoliddin Murzoev.
Zaxira: 30. Asilbek Omonov, 3. Sardor Rahmonov, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 21. Pavel Smolyachenko.

"Nasaf: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 23.Sherzod A'zamov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Shuhrat Muhammadiev, 10.Dilshod Rahmatullaev, 18.Bahrom Abdurahimov, 14.Sharof Muhitdinov, 21.Azamat Allaniyozov, 31.Saydullo Rahmatov, 45. Bobur Abduxoliqov.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 16.Dilshod Xushbakov, 19. Deyan Bolevich, 27. Islom Rashidxonov, 29. Akbar Murodov, 38. Doniyor Narzullaev, 42. Najmiddin Normurodov.

Ogohlantirishlar: Aziz Ibragimov 52, Salamat Qutiboev 90+1.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia