Butrageno: "Oldinda "Real Sosedad" bilan bahs bor, PSJ haqida keyin o'ylaymiz"

Aslanov Jasurbek
5 fev 2018
"Real"ning jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi direktori Emilio Butragenoning so'zlariga ko'ra, jamoa ayni damda PSJga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi bahsiga e'tibor qaratmagan.

Bu bahsgacha Zinedin Zidan shogirdlari 10 fevral kuni "Real Sosedad" bilan o'ynashadi.

"PSJga qarshi uchrashuvdan oldin "Real Sosedad" bilan o'yin bor. PSJ bilan bahs yaqinlashmoqda, ammo biz uchun hamma o'yinlar muhim. Zidan aytganidek, eng muhim uchrashuv - navbatdagisi. PSJ haqida keyin o'ylaymiz" - deydi Butrageno.

"Real" va PSJ o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvi 14 fevral, javob o'yini esa 6 mart kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bernabeu Digital