"Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi "Milan" xavbekini tanqid qildi

Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rivaldo Braziliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi bahsni kuzatgan.

Rivaldo uchrashuv yakunlangach, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashgan:

"Braziliya va Argentina o'rtasidagi uchrashuvni kuzatdim. Ochig'i, o'ninchi raqam Paketada ekanligi meni ranjitdi. Bu raqam butun dunyoda tan olingan va hurmatga sazovordir. Shuning uchun uni zahirada o'tiradigan futbolchilarga bermaslik kerak. Bu hurmatsizlik".


Manba: Sky Sports