“Bunyodkor”ning OCHL-2016 “pley-off” bosqichidagi raqibi – “Al-Shabab” (Dubay, BAA)

Narzulla Saydullayev
1 dek 2015
OFK 2016 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining “pley-off” bosqichi juftliklari nomini ma'lum qildi.

O'zbekiston uchun ajratilgan 3+1 kvotasiga muvofiq, bahslarga “pley-off” bosqichidan qo'shiladigan “Bunyodkor” jamoasining raqibi ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, “Bunyodkor” “pley-off”ning bir uchrashuvdan iborat, 3-bosqich doirasida BAAning “Al-Shabab” klubini qabul qiladi. Guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi “Bunyodkor” – “Al-Shabab” uchrashuvi 9 fevral kuni “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.

Uchrashuvning boshlanish vaqti haqida keyinroq ma'lumot beramiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com