"Bunyodkor" yarim himoyachisi "Buxoro"ga o'tishi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
23 yanv 2025
Superligaga qaytgan "Buxoro" ayni kunlarda Xo'jand shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni olib bormoqda.

Jamoa tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilmoqda. Xususan, "Bunyodkor" yarim himoyachisi Bilol Tupliev joriy mavsumni "Buxoro"da boshlashi mumkin. Ayni paytda tomonlar muzokaralarni olib bormoqda. 

Bilol Tupliev  2024 yil Superligada 8 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. O'zbekiston kubogi bahslarida 4 ta uchrashuvda 2 ta to'p kiritdi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia