"Bunyodkor" va "Nasaf" o'zaro murosa ko'chasini tanlashdi GALEREYA

Tolibjon Qosimov
28 dek 2019
Superliga jamoalari asta-sekinlik bilan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishgan.

Bugun "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi. "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda o'tgan bellashuvda har ikkala tomon bosh murabbiylari Vadim Abramov hamda Ro'ziqul Berdiev yosh tarbiyalanuvchilar bilan birga ko'rikda bo'lib turgan futbolchilarni sinab ko'rishdi. Uchrashuvda qarshiliklar chap qanot himoyachisi Xurshid Muxtorov 43-daqiqada jarima zarbasidan hisobni ochgan bo'lsa, toshkentliklar safida ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Farruh Ikromov javob goliga mualliflik qildi.

“Bunyodkor” yanvar oyida BAAda yig'in o'tkazadi

O'rtoqlik uchrashuvi
"Bunyodkor" - "Nasaf" - 1:1
Gollar:
Farruh Ikromov 77 - Xurshid Muxtorov 43


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia