"Bunyodkor" - "Nasaf". Sapenko Bekrichning haqqoniy golini hisobga olmadi

Aziz Tukhtamuradov
25 sen 2014, 18:46
Ayni paytda "JAR" stadionida "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasida 21-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Uchrashuvning 31-daqiqasida toshkentliklar futbolchisi Samir Bekrichning "Nasaf" darbozasiga kiritgan golini Marat Ismoilov boshchiligidagi hakamlar brigadasi, aniqrog'i, yon hakam Andrey Sapenko hisobga olmadi. Uning fikricha, gol o'yindan tashqari holatda kiritilgan.

Videotakrorda esa gol kiritilgan vaziyatda hech qanday o'yindan tashqari holat bo'lmaganligi ko'rinib turibdi.

O'yinning ikkinchi daqiqasida esa qarshiliklar futbolchisi Ilhom Shomurodov gol urib hisobni ochgandi.

Ushbu o'yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia