

Xususan, bosh murabbiy Vadim Abramov hujum chizig'idagi muammoni bartaraf etish maqsadida o'tgan mavsum “Metallurg” sharafini himoya qilgan Bahodir Pardaevni taklif etgan. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, 33 yoshli futbolchi ilgari “qaldirg'ochlar” safida o'ynagandi.
Shuningdek xuquqiy jihatdan “Mashal” jamoasiga tegishli bo'lgan, markaziy yarim himoyachi Sardor Abduraimov bilan hujumchi Humoyun Murtozaev ham “Bunyodkor” bilan shartnoma imzoladi.
Ushbu futbolchilar o'tgan mavsumni Qarshining “Nasaf” jamoasida o'tkazishgandi. Joriy yil endi ushbu tandem “Bunyodkor”da ham ijara asosida faoliyat yuritadigan bo'ldi.




