"Bunyodkor" ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Iskandarov Abdulaziz
3 dek 2025, 07:21
Mavsum yakunlanishi bilan Superliga jamoalari allaqachon yangi mavsum taraddudini boshlab yuborishdi.

Klublar yangi futbolchilarni qo'shib olish bilan bir qatorda tarkibidagi o'yinchilarni ham saqlab qolishga harakat qilyapti. Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi 22 yoshli chernogoriyalik hujumchi Matiya Krivokapich  va himoyachi Najmiddin Normurodov bilan shartnomani uzaytirdi. 

Ma'lumot uchun, Kapich ikkinchi davrada "qaldirg'ochlar" safiga kelib qo'shildi, Superligada 10 ta o'yinda 3 ta gol, 2 ta assist qayd etdi. Normurodov 29 ta bahsda 2 ta gol, 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia