"Bunyodkor" futbolchisi deyarli 1000 kundan so'ng Superligada gol urdi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2024
Kecha O'zbekiston Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Andijon" (2:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Qaldirg'ochlar"ning g'alabasi bilan tugagan bahsda himoyachi Boburbek Yo'ldoshev gol urishga erishdi. Bu futbolchi so'nggi bor Superligada 2021 yilning 20 noyabr kuni gol urgan edi. O'shanda OKMK safida to'p tepgan Yo'ldoshev "Qo'qon-1912" darvozasini ishg'ol qilgandi. Oradan 995 kun (2 yil, 8 oy va 22 kun) o'tgach u yana O'zbekiston chempionatida gol urdi. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia