

Mavsumni Aleksandr Xomyakov qo'l ostida boshlagan "Andijon" chempionat o'rtasida Maksim Shackixga ishonch bildirdi. Shackixdan so'ng esa jamoani vaqtincha Akmal Shorahmedov boshqardi. Endilikda "burgutlar" Superligani Orif Mamatkazin va Elyor Rahmatullaev juftligida tugatib qo'yadi. Ertaga "Bunyodkor" bilan bo'ladigan oxirgi turda ushbu ikki mutaxassis jamoani maydonga murabbiy sifatida boshlab tushadi.
Ma'lumot uchun, Orif, Mamatkazin andijonliklar uchun begona emas. Mutaxassis avval ham turli yillarda jamoani boshqargan, ayni paytda klubning U-19 jamoasida faoliyat olib bormoqda. Elyor Rahmatullaev esa murabbiylar shtabida ishlab kelayotgandi.



