

Bugun Saudiya Arabistoni klubi "Bunyodkor" stadionida o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazdi. Kristian Gross jamoasi tarkibida to'purar hujumchi Umar Al Soma ham Toshkentga yetib kelgan.
Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Al Ahli" uchrashuvi 24 aprel kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.











