

Joriy yilning 20 yanvaridan 1 fevraliga qadar davom etgan akkreditatsiya jarayonida 200dan ziyod jurnalistlar “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga murojaat etishdi.
“Bunyodkor” FK OCHL-2016 guruh bosqichi oldidan akkreditatsiya jarayoni davom ettirilayotganligini ma'lum qiladi. Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditatsiyadan o'tkazish uchun xat, 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat va pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi. Hujjatlar media@fcbunyodkor.com manzilida elektron shaklda qabul qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga murojaat etishingiz mumkin. Telefon: (+998 71) 230 40 59



