12-16 may kunlari poytaxtimizda sport ustasi Stanislav Stadnik xotirasiga bag'ishlangan xalqaro musobaqa o'tkazildi. Unda jami sakkizta jamoa, ikkita guruhga bo'lingan holda ishtirok etdi. Qayd etish kerakki, musobaqada qo'shni Qozog'istondan tashrif buyurgan ikkita jamoa ham qatnashdi.
Sergey Chigodaev boshchiligidagi tarbiyalanuvchilarimiz guruh bosqichi doirasida “Tapoich”ni 8:0, “Buxoro”ni 4:1 va Qozog'istonning “Zarendinec” jamoasini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga birinchi o'rin bilan yo'llanma oldilar. Final yo'llanmasi uchun “Olmaliq” klubi bilan kuch sinashildi va bahsda o'smir “qaldirg'ochlar” 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Hal qiluvchi final bahsida Sergey Chigodaev shogirdlari guruh bosqichidagi “eski tanish” raqib “Buxoro” bilan kuch sinashishib, yirik 5:0 hisobida zafar quchishdi va musobaqa oltin medallariga ega chiqishdi. 3-o'rin uchun kechgan bahsda “Olmaliq” futbolchilari “Zarafshon”ni 4:3 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
Turnir yakuniga ko'ra, tashkilotchilar tomonidan Diyorbek Rahimqulov eng yaxshi futbolchi va Otabek Jo'raqo'ziev eng yaxshi to'purar (10ta gol) nominaciyasida g'olib deb topildilar.