Bundesliga. “Xoffenxaym” g'alaba qozonib, uchinchi o'ringa ko'tarildi

Germaniya chempionatining 16-turida “Xoffenxaym” “Shtutgart”dan ustun keldi.

“Rayn-Nekar-Arena” stadionida kechgan bahs 1:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni 81-daqiqada Mark Ut kiritdi.

Ushbu g'alabadan keyin “Xoffenxaym” Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida 26 ochko bilan uchinchi pog'onaga ko'tarilib oldi. “Shtutgart” esa 17 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.

Germaniya chempionati.

16- tur

Xoffenxaym-1899 – Shtutgart 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 81 Ut.

Xoffenxaym-1899 – Baumann, Shulc, Xyubner, Posh, Fogt, Rupp (Kramarich, 66), Demirbay, Gnabri (Salai, 77), Gayger (Grillich, 61), Kaderjabek, Ut.

Shtutgart –  Ciler, Badshtuber, Baumgartl, Insua, Pavar, Ozdjan (Aogo, 80), Askasibar, Akolo (Brekalo, 37), Gentner, Bek, Donis (Asano, 26).

Ogohlantirish: Gayger (37), Insua (86).


Manba: championat.asia