Bundesliga. Levandovski legioner to'purarlar orasida 3-o'ringa chiqib oldi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2015
Bavariya Germaniya chempionati 16-turida Ingolshtadtni mag'lub etdi (2:0).

Uchrashuvdagi hisobni ochgan Robert Levandovski bundesligada o'zining 106-golini urdi. Polshalik hujumchi Stefan Shapiyuza va Ailtonga yetib oldi. U bundesligada gol urish bo'yicha legionerlar orasida uchinchi o'ringa chiqib oldi.

Bu borada mutloq rekordchi Verder hujumchisi Klaudio Pisarro hisoblanadi. Chililik hujumchi Germaniya chempionatida 177ta gol urgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe