

Ma'lumotlarga ko'ra, Germaniya chempionatining faqat 1 ta jamoasi yig'inni AQSHda o'tkazadi. "Bayer" Orlando shtatida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'radi.
Bundesliganing 10 ta jamoasi qishda Ispaniyada shug'ullanadi. Bular "Frayburg" (Sotogrande shahri), "Maync" (Estepona), "Borussiya" D, "Borussiya" M, "Augsburg" (hammasi Marbellada), "Verder" (Alxaurin el Grande), "Volfsburg" (La Manga), "Darmshtadt" (San Petro Del Pintar), "Shalke-04" (Benidorm), "Gerta" (Malorka).
Chempionat debyutanti va sensacion natija qayd etgan "Leyptsig" Portugaliyaning Lagos shahrida yig'in o'tkazadi.
Bundesliganing 3 ta jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni Osiyo qitasida o'tkazadi. "Ayntraxt" (Abu Dabi) va "Gamburg" (Dubay) BAAga yo'l oladi. "Bavariya" esa Qatarning Doha shahrida shug'ullanadi.




