Bundesliga grandi Fekir bilan qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
10 fev 2021
“Betis” xavbeki Nabil Fekir faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin.

“Yashil-oqlar”da moliyaviy muammolar yuzaga kelgani tufayli klub yozgi transfer oynasida yetakchi futbolchilarini sotib yubormoqchi. “Bavariya” esa ushbu vaziyatdan foydalanib qolish niyatida.

Fekir joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda qatnashib, 1+5 natija ko'rsatdi. Francuzning “Betis” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha tuzilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: todofichajes.com