Bundesliga. “Bavariya” safarda "Gerta"ni er tishlatdi

Eldor Akmurzayev
19 yanv 2020
Germaniya chempionati 18-turidan o'rin olgan “Gerta” hamda “Bavariya” o'rtasidagi bellashuv tugadi.

Uchrashuvda mehmonlar Tomas Myuller, Robert Levandovski, Tiago Alkantara hamda Ivan Perishichning 2-taymda urilgan gollari evaziga yirik hisobda zafar quchishdi. Shu tariqa, myunvxenliklar ochkolari sonini 36taga etkazib, chempionat jadvalida 2 o'ringa ko'tarildi. 

Gerta – Bavariya 0:4 (0:0, 0:4)

Olimpiya shtadion

Gollar: 0:1 – 60 Myuller, 0:2 – 73, penalti Levandovski, 0:3 – 76 Alkantara, 0:4 – 84 Perishich.

Gerta – Yarsteyn, Torunariga, Klyunter, Boyata, Plattenxardt, Darida (Volf, 68), Gruyich, Dilrosun (Mittelshtedt, 82), Askasibar, Lukebakio (Kepke, 82), Zelke.

Bavariya – Noyer, Pavar, Boateng, Alaba, Goretcka, Devis (Dayaku, 80), Alkantara, Koutino (Kyuizans, 83), Perishich, Myuller (Gnabri, 87), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Darida (7), Pavar (19), Yarsteyn (63), Boyata (81).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia