Bundesliga. “Borussiya M” o'z maydonida “Frayburg”ni yuta olmadi

16 mar 2019, 08:32
Bundesligada 28-tur o'yinlariga start berildi.

Turning ilk o'yinida “Borussiya M” o'z uyida “Frayburg”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Avvaliga 10-daqiqada mehmonlar vakili Grifo hisobni ochgan bo'lsa, oradan 6 daqiqa o'tib “Borussiya M” a'zosi Plea hisobni tenglashtirdi. Mazkur hisob o'yin so'ngiga qadar o'zgarmay qoldi.

Borussiya M – Frayburg 1:1

Gollar: 0:1 – 10 Grifo, 1:1 – 16 Plea.

Borussiya M – Zommer, Djonson, Elvedi, Yanchke, Vendt, Zakariya (Xerrmann, 61), Shtrobl, Xofmann (Raffael, 82), Azar, Shtindl (Noyxaus, 71), Plea.

Frayburg – Shvolov, Shtencel, Shlotterbek, Xaync, Gyunter, Xaberer, Frantc (Gondorf, 77), Abrashi, Grifo (Xeler, 90), Valdshmidt (Niderlexner, 65), Petersen.

Ogohlantirishlar: Abrashi (39), Shtencel (70), Grifo (81).


Manba: Championat.asia