

Shundan keyin myunxenliklar mehmonda o'tkazilgan qatorasiga 5 bahsda 3 va undan ko'p gol urgani holda chempionat rekordini o'rnatishdi. "Bavariya" bunga qadar (mehmonda) "Keln" (4:1), "Maync" (3:1), "Gerta" (4:0) va "Frayburg" (3:1) klublari ustidan zafar quchgandi.
Xans-Diter Flik jamoasi oxirgi marta Myonxengladbaxda "Borussiya" jamoasi darvozasiga 3 bor yo'l topa olmagan, 2019 yilning 7 dekabrida o'tkazilgan uchrashuv (1:2) hisobida yakun topgan edi.
Ma'lumot uchun, "Bavariya" ayni damda 52 ochko to'plagani holda Germaniya chempionatida karvonboshilik qilmlmoqda.
Bundesliga musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.




