Bundesliga. "Bavariya" "Maync"ni ayab o'tirmadi

4 yanv 2021, 00:15
Germaniya chempionatining 14-tur bahslari davom etadi.

Bugun "Maync" Myunxenda "Bavariya" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning birinchi bo'limi mehmonlar foydasiga yakunlanganiga qaramay, "Bavariya" 2-taymda 5 ta gol urib, g'alabani ilib ketdi. TURNIR JADVALI

Bavariya – Maync 5:2 

3 yanvar, 22.00, "Alyanc-Arena"

Gollar:

0:1 – 32 Burkardt, 0:2 – 44 Xak, 1:2 – 50 Kimmix, 2:2 – 55 Sane, 3:2 – 70 Zyule, 4:2 – 76, penalti Levandovski, 5:2 – 83 Levandovski.

Bavariya – Noyer, Pavar (Goretcka, 46), Boateng (Zyule, 46), Alaba, Devis, Tolisso (Duglas Kosta, 88), Kimmix, Myuller (Shupo-Moting, 88), Levandovski, Gnabri (Musiala, 76), Sane.

Maync – Damen, Brosinski (Shteger, 80), Xak, Sen-Jyust, Mvene (Papela, 89), Barreyro, Latca, Boetiyus (Onisivo, 71), Fernandesh, Kvayson (Salai, 89), Burkardt (Mateta, 80).

Ogohlantirishlar:

Boateng (32), Boetiyus (60), Alaba (62).


Manba: championat.asia