BUM! Ronaldu YouTube'da kanal ochdi va rekord qo'ydi

Sherzod Nurmatov
21 avg 2024
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu YouTube videoservisida kanal ochganini e'lon qildi.

E'tiborlisi, u 1 million kishini platformada eng tez yiqqan shaxs sifatida tarixdan joy oldi. Bu uchun unga 1 soat etarli bo'ldi. Avvalgi rekord K-Pop qo'shiqchisi Jenni Kimga tegishli bo'lib, u o'zining bir millioninchi obunachisiga ega bo'lish uchun 7 soat vaqt sarflagan.

Ronalduning kanali iyul oyida ro'yxatdan o'tgan, biroq birinchi video chorshanba kuni chop etilgan.

"Kutishga barham beramiz! Nihoyat, mening YouTube kanalim bor! Obuna bo'ling va bu yangi sayohatda menga qo'shiling", – deb yozdi Krishtianu ijtimoiy tarmoqlarda.

Ronaldu besh karra “Oltin to'p" sohibi, besh karra Chempionlar Ligasi g'olibi sanaladi. Shuningdek, u Portugaliya terma jamoasi bilan birgalikda Yevropa chempionati (2016) va Millatlar Ligasi (2018/19) musobaqalarida zafar quchgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Variety