Bugun "Yuventus"ning yana ikki futbolchisi tatildan qaytdi va tibbiy tekshiruvlardan o'tdi

Eldor Akmurzayev
5 avg 2019, 22:37
Bugun, Yuventusning chap qanot himoyachisi Aleks Sandro hamda argentinalik hujumchi Paulo Dibala yozgi tatildan qaytib, tibbiy tekshiruvlardan o'tish uchun klub bazasiga yetib kelishdi.

Eslatib o'tamiz, Maurisio Sarri shogirdlari yangi mavsum oldidan so'nggi nazorat uchrashuvini Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida 10 avgust kuni Atletikoga qarshi o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia