Rasman: "Manchester Yunayted" futbolchisi "Al Nasr"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023
Aleks Telles "Manchester Yunayted"dan "Al Nasr"ga o'tdi.

Braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. "Al Nasr" futbolchining transferi uchun "Manchester Yunayted"ga 4 mln funt to'ladi.

MYU tarkibida Telles 2020 yil oktyabridan buyon 50 o'yinda 1 gol va 8 assist qayd etdi. O'tgan mavsumni u "Sevilya"da ijarada o'tkazdi.

"Al Nasr"da ayni damda Krishtianu Ronaldu, Marcelo Brozovich hamda Seko Fofana kabi legionerlar bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com

O'xshash yangiliklar